Chavusho‘g‘lu: Gretsiya bilan muloqot kanallari bugungi kunda avvalgidan ham ochiqroq

Mevlut Chavusho‘g‘lu “Kriter” jurnalida Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi (SETA) Bosh koordinatori Burhanettin Duranning savollariga javob berdi.

1806665
Chavusho‘g‘lu: Gretsiya bilan muloqot kanallari bugungi kunda avvalgidan ham ochiqroq

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu

“Gretsiya bilan muloqot kanallari bugungi kunda avvalgidan ham ochiqroq ekanini aytish mumkun”.-dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu “Kriter” jurnalida Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi (SETA) Bosh koordinatori Burhanettin Duranning savollariga javob berdi.

Kipr masalasiga doir berilgan bir savolga Chavusho‘g‘lu, “Yillar davomida federatsiya asosida muzokaralar olib borildi lekin grek tomoni turk tomonini siyosiy jihatdan teng deb qabul qilmagani bois nomi tilga olingan muzokaralar barbod bo‘ldi”,-deb javob berdi.  

Tomonlarning oroldagi haqiqatlarga e’tibor qaratishi kerakligini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu:

“Kiprlik turklarga nisbatan yo‘lga qo‘yilayotgan nohaqlikdan voz kechilishi kerakligini aytyapmiz. Muammoni maydondagi haqiqatlarga mos keladigan ravishda, ikki davlat asosida hal qilinishi kerakligi haqidagi taklifimiz, oʻzgaruvchan shartlar doirasida yanada diqqat bilan koʻrib chiqilishiga ishonamiz”.-dedi.

“Gretsiya bilan muloqot kanallari bugungi kunda avvalgidan ham ochiqroq ekanini aytish mumkun”.-degan Mevlut Chavusho‘g‘lu, Türkiyening muammoni hal qilish uchun samimiy muloqat tarafdori ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Iqtisodiy va tijoriy munosabatlardagi ijobiy kun tartibini yana-da rivojlantirishga harakat qilganliklarini ta’kidlagan Tashqi ishlar vaziri:

“Iqtisodiyotda hamkorlikka qaratilgan ijobiy kun tartibi 2021-yili oʻzaro savdoda oʻz aksini topa boshladi va 2020-yilga nisbatan 70 foizga ortgan holda 5,2 milliard dollarga yetdi. Umid qilamizki, bu ijobiy kun tartibi Gretsiya bilan ikki tomonli masalalarimizni samimiy ravishda muhokama qilish muhiti yaratadi. Biz bu borada zimmamizga tushgan har qanday vazifani bajaryapmiz. Gretsiyadan ham bu jarayonda bir xil samimiyat va siyosiy irodani ko‘rsatishini kutamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar