Fahrettin Altun, Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining uchrashuvi

Prezidentlik aloqalar direktori Fahrettin Altun Türkiyeda  Ukraina va Rossiya muzokara guruhlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar bizga va butun dunyoga inqirozni tezda hal qilish umidini uyg‘otdi” deya ifodaladi.

1804042
Fahrettin Altun, Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining uchrashuvi

Prezidentlik aloqalar direktori Fahrettin Altun

Türkiyeda  Ukraina va Rossiya muzokara guruhlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar bizga va butun dunyoga inqirozni tezda hal qilish umidini uyg‘otdi” deya ifodaladi.

Fahrettin Altun, Rossiya-Ukraina muzokara delegatsiyalarining kecha Istanbulda bo'lib o'tgan yig'ilishi haqida ijtimoiy media sahifasida baham ko'rdi.

Fahrettin Altun, Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan inqirozning birinchi kunidan beri (24-fevral) to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borganini eslatib o‘tdi:

“Prezidentimiz Erdog’anning tashabbusi bilan muzokaralarning so’nggi bosqichi Istanbulda bo’lib o’tdi. Türkiyeda Ukraina va Rossiya muzokara guruhlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar bizni va butun dunyoni inqirozni tezda hal qilish umidini uyg‘otdi. Türkiye Ukraina va Rossiya o'rtasida tinchlik va barqarorlik o'rnatilishi uchun harakat qilishdan to'xtamaydi. Bizning mintaqamiz boshqa to’qnashuv  va gumanitar inqirozni ko'tara olmaydi. Barcha manfaatdor tomonlarni Turkiyaning diplomatik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz. Chunki biz tinchlik va barqarorlik yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishga doimo tayyormiz”.

Fahrettin Altun, Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining uchrashuvi

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Muzokara , #Tinchlik , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar