Navbatdagi Rossiya-Ukraina muzokarasi Istanbulda o‘tkaziladi

Ibrahim Kalinning qayd etishicha navbatdagi Rossiya-Ukraina muzokarasi Istanbulda o‘tkaziladi.

1802858
Navbatdagi Rossiya-Ukraina muzokarasi Istanbulda o‘tkaziladi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urushning imkon qadar tezroq tugashi uchun Turkiyaning o‘z tashabbus va sa'y-harakatlarini davom etishini bildirdi.

Kalin, Twitter sahifasida mavzu haqida bayonot berdi va unda:

“Rossiya-Ukraina muzokara hay’atining navbatdagi yig‘ilishi Istanbulda o‘tkaziladi. Muzokaralarning muvaffaqiyatga erishish va urushni imkon qadar tezroq tugatish uchun tashabbus va sa'y-harakatlarimiz davom etadi”.-dedi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum uyushtirar ekan ikki tomon keyinroq bir necha marotaba muzokara o‘tkazgandi.



Aloqador xabarlar