Turkiya Mariupoldagi fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda

Turkiya Mariupoldagi fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Rossiya va Ukraina mudofaa vazirliklari bilan faoliyat yuritmoqda.

1796852
Turkiya Mariupoldagi fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari davom etar ekan, Turkiya Mariupoldagi fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Rossiya va Ukraina mudofaa vazirliklari bilan faoliyat yuritmoqda.

Milliy Mudofaa vazirligi manbalaridan olingan ma’lumotga koʻra, Mariupoldagi turk fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari yaqindan kuzatilmoqda.

Turk fuqarolarini Mariupoldan xavfsiz ravishda evakuatsiya qilish uchun Milliy Mudofaa vazirligi, Rossiya va Ukraina Mudofaa vazirliklari bilan faoliyatlarini davom ettirar ekan hozircha mintaqaning toʻliq va xavfsiz ravishda nazorat qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mariupol , #Rossiya va Ukraina

Aloqador xabarlar