Akar: Mariupoldagi yurtoshlarimizni evakuatsiya qilish uchun muzokaralar davom etmoqda

Hulusi Akar, NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari o‘rtasida navbatdan tashqari uyushtirilgan yig‘ilish ortidan jurnalistlar bilan uchrashdi.

1797290
Akar: Mariupoldagi yurtoshlarimizni evakuatsiya qilish uchun muzokaralar davom etmoqda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Turk Qurolli kuchlariga oid 2 ta uchoq masalasida ham Rossiya ham da Ukraina bilan davom etgan uchrashuvlardan kelasi kunlarda ijobiy tusda natija kutganliklarini qayd etdi.

Akar, NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari o‘rtasida navbatdan tashqari uyushtirilgan yig‘ilish ortidan jurnalistlar bilan uchrashdi.

Ukrainadagi voqealarning mintaqa xavfsizligi jihatidan katta o‘zgarishlarga yo‘l ochganini ifoda etgan Akar, Turkiyaning Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yodga solgan holda tezlik bilan otashkesim e’lon qilinishi kerakligini qayd etdi.

Hulusi Akar bu borada shuningdek:

“Gumanitar ahvol borgan sari yomonlashib bormoqda va buni oldini olish darkor. Buning uchun otashkesim shart. Biz buni aytib, deb, taklif qilib kelyapmiz”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Jurnalistlarning savollariga ham javob bergan Akar, Ukrainaning Mariupol shahrida bir masjidda jon saqlayotgan Turk fuqarolarining evakuatsiya qilinishi haqida esa:

“U yerda dalada va yo‘llarda yakka tartibdagi to‘qnashuvlar qayd etilmoqda. Shu bois transportlar orqali evakuatsiya qilish chog‘ida yuz berish ehtimoli bo‘lgan hujumlarga qarshi, hozircha kutish afzalroq degan fikrdalar. Evakuatsiya uchun tomonlar bilan muzokaralar davom etmoqda”.-deya gapirdi.

Ukrainada qolgan ikkita A 400M rusumidagi uchoq haqidagi savolga esa Hulusi Akar shunday dedi:

“Gumanitar yordam yuborgan ikkita uchog‘imiz 23-fevral kuni Ukrainaga qo‘ndi. Yordam ashyolari ukrainalik yordamga muhtoj insonlarga tarqatildi. Qaytar chog‘ida esa minoralar, havo sohasi yopildi.

Bu borada ham Rossiya ham da Ukraina bilan gaplashyapmiz. Har ikki davlat ham mavzu bilan qiziqmoqda. Uchoqlar hech qanday ziyon ko‘rmay chiqishi uchun harakat qilinmoqda. Muzokaralar davom etmoqda. Kelasi kunlarda u yerdan ijobiy tusda javob olishni kutyapmiz.”-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya portlaridagi kemalar haqidagi savolni Hulusi Akar:

“Rossiyalik rasmiylar bilan gaplashdik. U kemalar yo‘lga chiqib, Turkiyaga yetib keldi. Qolgan kemalar ustidan ham uchrashuvlar davom etmoqda”.-deb javobladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Mariupol , #Hulusi Akar , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar