Erdo'g’an Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakisni qabul qildi

Uchrashuv Istanbuldagi Vahdettin saroyida matbuotga yopiq tarzda amalga oshirildi.

1794639
Erdo'g’an Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakisni qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an bugun, 13-mart kuni Turkiyaga tashrif buyurgan Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakisni qabul qildi.

Uchrashuv Istanbuldagi Vahdettin saroyida matbuotga yopiq tarzda amalga oshirildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda Turkiya-Gretsiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina urushi va uni imkon qadar tezroq to'xtatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Michotakis Erdo'g’an bilan uchrashuvi oldidan Fener Rum Patriarxiyasi bog’idagi Aya Yorgi cherkovida o’tkazilgan marosimda ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar