Erdoʻgʻan bugungi Antaliya yigʻilishini, “diplomatiyaning gʻalabasi” deb baholadi
Prezident Erdoʻgʻan bilan Jo Bayden telefon orqali muloqot qildi.
Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra muloqat chogʻida, Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari, mintaqadagi vaziyatlar va Turkiya-AQSh munosabatlari muhokama qilingan.
Prezident Erdoʻgʻan muloqatda Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi muammoning siyosiy yoʻllar orqali yechilishi yoʻlida faoliyatlarining davom etgani haqida gapirgan. Shuningdek, inqirozning avj olmasligi uchun Turkiyaning ikkala tomon bilan ham gaplasha olishi va muammoni hal qilish masalasini qulaylashtiruvchi kuch ekanining muhimligini qayd etgan.
Turkiya tomonidan ochilgan ishonch kanali yordamida Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlarining Turkiya mezbonligida Antaliyada toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara oʻtkazish imkoni topishining ahamiyatiga ham eʼtibor qaratgan Prezident Erdoʻgʻan, yigʻilishning uyushtirilishini, “diplomatiyaning gʻalabasi” deb baholagan.
Prezident Erdoʻgʻan, Turkiyaning AQShdan 40 ta yangi uchoq sotib olishi va mavjud F-16larning modernizatsiyasini oʻz ichiga olgan talabiga eng qisqa vaqtda javob kutayotganliklarini ham yetkazib, mudofaa sanoati sohasida Turkiyaga kiritilgan barcha nohaq sanksiyalarni bekor qilish vaqti kelganini bildirgan.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdoʻgʻan al – Nahyonga hamdardlik bildirdi
Prezident Erdoʻgʻan bilan Muhammad bin Zoid al - Nahyon telefon orqali muloqot qildi.