Turkiya va Armaniston o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda

Turkiya va Armaniston munosabatlarni hech qanday shartlarsiz toʻliq normallashtirishga qaratilgan muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

1784661
Turkiya va Armaniston o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda

 

Turkiya va Armaniston munosabatlarni hech qanday shartlarsiz toʻliq normallashtirishga qaratilgan muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Turkiyaning Armanistondagi maxsus vakili elchi Serdar Kilich va Armanistonning maxsus vakili Rubin Rubinyan bugun Avstriyaning poytaxti Venada uchrashgani ma’lum qilindi.

Bayonotda, Moskvada bo'lib o'tgan birinchi yig'ilishda ifodalanganidek, muzokaralarning yakuniy maqsadining Turkiya va Armaniston o'rtasida to'liq normallashuvni ta'minlash ekanligi ta'kidlandi.

"Shu doirada (tomonlar) olinishi mumkin bo'lgan aniq qadamlar haqida fikr almashdilar va jarayonni dastlabki shartlarsiz davom ettirish bo'yicha kelishuvlarini takrorladilar",-deyiladi bayonotda.

Turkiyaning Armanistondagi maxsus vakili Elchi Kilich va Armanistonning maxsus vakili Rubinyan 14-yanvar kuni Rossiyaning poytaxti Moskvada uchrashib, ikki o’lka o’rtasidagi munosabatlarni normallashtirish masalasini muhokama qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Normallashuv , #Munosabat , #Armaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar