Mehmet Mush Turkmanistonga tashrif uyushtiradi

Mehmet Mush 25-fevral kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobotga tashrif uyushtiradi.

1782821
Mehmet Mush Turkmanistonga tashrif uyushtiradi

Turkiya Respublikasi Savdo vaziri Mehmet Mush, savdo va iqtisodiy aloqalarni muhokama qilish maqsadida Turkmaniston poytaxti Ashxobodga tashrif uyushtiradi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, 25-fevral kuni uyushtiriladigan tashrif doirasida Mehmet Mush, Turkmaniston Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashadi.

Mush shuningdek Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosarlari Serdar Berdimuhamedov va Chari Gilichov, Transport va aloqa agentligi rahbari Memmethan Chakiyev bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilishining 30-yilligi munosabati bilan amalga oshiriladigan ushbu tashrif chogʻida, Turkiya-Turkmaniston savdo-iqtisodiy munosabatlari bilan bir qatorda sarmoya va pudratchilik masalalari ham qo‘lga olinadi.

Turkiya bilan Turkmaniston o‘rtasidagi savdo hajmi 2021-yili, 2020-yilga solishtirganda 53 foiz ortib, 1,7 milliard dollarni tashkil etdi. Bu davrda Turkiyaning Turkmanistonga yo‘lga qo‘ygan eksporti 985 million dollarni tashkil etar ekan import esa 711 million dollarga yetdi.

Turkiyaning Turkmanistonga kiritgan sarmoyalari 434 million dollar darajasida. Turkmanistondan Turkiyaga kiritilgan sarmoyalar esa 1 million dollarga yetdi.

Turk pudratchilari tomonidan bugungacha Turkmanistonda 50 milliard dollarlik 1061 loyiha yo‘lga qo‘yildi.

 

 



Aloqador xabarlar