Aziz Sanjar yoshlar e'tiborini Turk dunyosiga qaratdi

Nobel mukofoti sovrindori, turk olim professor doktor Aziz Sanjar yoshlar e'tiborini Turk dunyosiga qaratdi.

1781794
Aziz Sanjar yoshlar e'tiborini Turk dunyosiga qaratdi

Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport ishlari vaziri Mehmet Muharrem Kasapo‘g‘lu bilan Nobel mukofoti sovrindori, turk olim professor doktor Aziz Sancar yoshlar bilan uchrashuv o‘tklazdi.

Vazirlik bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan tadbirda turli oliy o‘quv yurtlaridan 43 nafar talaba ishtirok etdi.

Unda nutq so‘zlagan Aziz Sancar Mardinda tug‘ilganini, boshlang‘ich maktabdan universitetgacha Turkiyada o‘qiganini ta’kidlab, yoshlarga quyidagicha murojaat qildi:

“Siz Turkiyada judayam yaxshi ta’lim olishingiz mumkin. /…/. Turkiyada judayam yaxshi universitetlarimiz bor. Judayam yaxshi ta’lim olishingiz mumkin. Men Turkiyada judayam yaxshi ta’lim olganman. Mening vaqtimda ilg‘or darajada ilmiy ish yuritish murakkab edi. Ilm bilan shug‘ullanishni men Turkiyada o‘rgandim. Har sohada qimmatli olimlarimiz bor. Ulardan ilm bilan shug‘ullanishni o‘rganishingiz mumkin. Chet elga chiqishni tavsiya qilaman lekin Turkiyani unutmang. Turkiyaga qarzdorsiz. Aslida bu qarz ham emas. Turkiya mening qalbimdadir. Qayerga borishimdan qat’iy nazar Turkiya qalbimda. Men Turkiyaning bir bo‘lagiman. Umid qilamanki, siz ham shunday fikrdasiz. Siz Yevropaga, Amerikaga, Yaponiyaga borishingiz mumkin lekin turk ekaningizni unutmang”.

Turk dunyosiga alohida e’tibor berilishi kerakligini ham ifoda etgan Sanjar:

“Turk dunyosi bor, faqat Turkiya emas. Ular bizga qaraydi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon... Markaziy Osiyo turk davlatlari ham bizga qaraydi. Ularni ham unutmang. Agar ular bilan hamkorlik qilsa, Turk dunyosi, dunyoning eng kuchli qutblaridan biriga aylanishi mumkin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar