Prezident Erdo‘g‘an bugun Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif uyushtiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) ikki kunlik tashrif uyushtiradi.

1777981
Prezident Erdo‘g‘an bugun Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif uyushtiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 14-15-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) tashrif uyushtiradi. Ushbu tashrif Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid Al-Nahyonning 2021-yil 24-noyabr kuni Turkiyaga bo‘lgan tashrifiga javob tariqasida uyushtirilmoqda.

Erdo‘g‘an tashrifi chog‘ida Abu Dabi va Dubayda muzokaralar o‘tkazadi.

Erdo‘g‘anning Dubai Expoda “Turk milliy kuni”ni ochib berishi va ishbilarmonlar bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, ikki davlat oʻrtasida 2021-yil 24-noyabrda boshlagan sarmoya jarayoni ortidan yangi shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar