Liviyaga sayohat qiluvchi Turk fuqarolari uchun viza tartibi o'zgardi

Bu haqda Turkiyaning Liviyadagi elchixonasining Twitter'dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi.

1769665
Liviyaga sayohat qiluvchi Turk fuqarolari uchun viza tartibi o'zgardi

 

Liviyaga sayohat qiluvchi Turk fuqarolari uchun viza tartibi o'zgartirildi.

Bu haqda Turkiyaning Liviyadagi elchixonasining Twitter'dagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi.

“Liviya hukumati tomonidan 16 yoshga to‘lmagan va 55 yoshdan oshgan oddiy pasportga ega bo‘lgan fuqarolarimizni Liviyaga kirish vizasidan ozod qilish va mamlakatimiz ishbilarmonlariga 1 yillik muddatga kirish vizalarini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi",-deyiladi ma'lumotda.

Shuningdek, Liviyaga sayohat qilishni rejalashtirgan fuqarolar Turkiyaning Tripolidagi elchixonasi yoki Misratadagi Bosh konsulligidan ma'lumot olishlari mumkinligi eslatildi.

Ma'lumotga ko'ra, "xizmat pasporti", davlat amaldorlariga berilgan "yashil pasport" va "diplomatik pasport" egalari Liviyaga vizasiz sayohat qilishi mumkin.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Liviya

Aloqador xabarlar