Vladimir Putin Erdo‘g‘anning taklifini qabul qildi

Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning taklifidan foydalanib, epidemiologik vaziyat va jadvallar imkon berishi bilanoq Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiya davlat rahbari Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

1769354
Vladimir Putin Erdo‘g‘anning taklifini qabul qildi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning taklifidan foydalanib, epidemiologik vaziyat va jadvallar imkon berishi bilanoq Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiya davlat rahbari Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Ha, bu mavzu Prezident Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi so‘nggi bir necha muloqotda qayta-qayta ko‘tarilgan”, degan Peskov jurnalistlarga. 

Uning qayd etishicha, ikki Prezident boshchiligidagi hukumatlararo komissiya va ikki tomonlama munosabatlarning oliy organi ishini o‘tkazishda ma’lum “pauza” mavjud. Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Erdo‘g‘an bu tadbirlarning barchasini Turkiyada o‘tkazishga tayyor ekanini aytgan. 

“Prezident Putin bu taklifni minnatdorlik bilan qabul qildi. Ular epidemiologik vaziyat va jadvallar imkon bersa, bu taklifdan albatta foydalanishga kelishib oldi”, degan Peskov. 

Eslatib o’tamiz, bundan avval Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin  Erdo‘g‘an rossiyalik va ukrainalik hamkasblari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyni qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish masalasini muhokama qilish uchun Turkiyaga taklif qilganini aytgan edi. Erdo‘g‘an ikki davlat yetakchilarini yuzma-yuz uchrashtirishni istayotganini bayon qilgan. 

"Biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Turkiyaga taklif qildik, javob kutyapmiz", — degan Erdo‘g‘an mamlakatning NTV telekanaliga bergan intervyusida. 

Moskva bilan Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi va Donbassdagi qurolli mojarodan keyin yomonlashdi. Ukraina hukumati bir necha bor Rossiyani davlatning ichki ishlariga aralashaganlikda aybladi.  2015 yil yanvarda Rossiya rasman “bosqinchi mamlakat” deb e’lon qilindi. Rossiya esa Ukrainaning ichki mojarolariga aralashmayotganini va Minsk bitimida ishtirok etayotgan sub’ekt emasligini takrorlab keladi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar