Mustafo Shento’p Hindistonni Respublika kuni munosabati bilan tabrikladi

Shento’p Hindiston Xalq Assambleyasi Raisi Om Birla va Hindiston Davlat Assambleyasi Raisi M. Venkaiah Naiduga Milliy bayram munosabati bilan alohida tabrik maktubi yo‘lladi.

1768057
Mustafo Shento’p Hindistonni Respublika kuni munosabati bilan tabrikladi

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p Hindiston milliy bayramini nishonladi.

Shento’p Hindiston Xalq Assambleyasi Raisi Om Birla va Hindiston Davlat Assambleyasi Raisi M. Venkaiah Naiduga Milliy bayram munosabati bilan alohida tabrik maktubi yo‘lladi.

"Turkiya va Hindiston o'rtasidagi samimiy do'stlik munosabatlari negizida chuqur ildiz otgan tarixiy, madaniy va insoniy aloqalar mavjud. Parlamentlarimiz o'rtasidagi yaqin aloqalar ham shu asosda saqlanib, ikki tomonlama va ko'p tomonlama platformalarda rivojlanib bormoqda", - dedi u.

Shento’p Hindiston xalqiga sihat-salomatlik, tinchlik va baxt-saodat tiladi.



Aloqador xabarlar