Turkiya F-16 samolyotlari bo‘yicha AQSH bilan muzokara o‘tkazdi

Vashingtonda Turkiya bilan AQSH o‘rtasida F-16 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

1767622
Turkiya F-16 samolyotlari bo‘yicha AQSH bilan muzokara o‘tkazdi

 

Vashingtonda Turkiya bilan AQSH o‘rtasida F-16 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akarning bayonotida qayd etilgan.

Bundan avvalroq, CNN-Turk telekanali Amerika tomoni manbalariga tayanib, AQSH Qora dengizda NATO a’zolarini kuchaytirish maqsadida Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha so‘rovini ma’qullashi mumkin, deb xabar tarqatgan edi.

"F-16 samolyotlarini yetkazib berish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha rasman so‘rov jo‘natilgandi. Shundan keyin AQSHga delegatsiya jo‘natildi, muzokaralar ijobiy natija bermoqda. Biz o‘zimizning aniq pozitsiyamizni bayon qildik. Bu NATOni ham kuchaytirishga imkon berishini tushuntirdik. Agar Turkiya kuchli bo‘lsa, u NATO tarkibida ham kuchli bo‘ladi. Kuchli Turkiya – bu kuchli NATO", - deya keltiradi Akar so‘zlarini Turkiyaning Milliyet gazetasi.

AQSH avval Anqaraga Turkiya eng yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarilgani haqida ma’lum qilgan edi. Bunga Turkiyaning Rossiyada ishlab chiqarilgan S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini sotib olgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

AQSH Turkiya bilan F-35 bo‘yicha 2007 yil yanvarda imzolangan qo‘shma memorandumni bekor qilgan edi. Turkiya prezidentining bayonot berishicha, AQSH Turkiyani F-35 samolyotlari yetkazib berish dasturidan chiqarib yuborgandan keyin, unga F-16 samolyotlarini xarid qilishni taklif etgan.


Tanlangan kalimalar: #F-16 , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar