Erdo'g’an Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muloqot qildi

Muloqotda Turkiya va Eron o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy va xalqaro mavzular bo'yicha fikr almashildi.

1766876
Erdo'g’an Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma'lum qilishicha, muloqotda Turkiya va Eron o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy va xalqaro mavzular bo'yicha fikr almashildi.

Prezident Erdo'g’an suhbat davomida, eng qisqa vaqt ichida Tehronda bo’lib o’tadigan Oliy Darajali Hamkorlik Kengashi yig’ilishi va bu doirada imzolanishi mumkin bo’lgan kelishuvlar bo'yicha muzokaralar davom etayotganini bildirdi.

Boshqa tomondan, Kavkazda tinchlik va barqarorlik hukm surishi uchun sa'y-harakatlar davom etayotgani qayd etildi.

Prezident Erdo'g'an Turkiya sifatida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birgalikda ishlab chiqilgan 3+3 platformasining navbatdagi yig'ilishiga mezbonlik qilish istagini ma'lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ibrohim Raisiy , #Eron

Aloqador xabarlar