Anqarada Salvador elchixonasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Tantanali marosimda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Salvador tashqi ishlar vaziri Alexandra Hill va boshqa ko'plab vakillar ishtirok etdi.

1766063
Anqarada Salvador elchixonasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi

 

Kecha, 20-yanvar kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida Salvador elchixonasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tantanali marosimda Salvador tashqi ishlar vaziri Alexandra Hill ham ishtirok etdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li tantanali ochilish marosimida so’zga chiqdi.

Lotin Amerikada Turkiyaning jami 17 ta elchixonasi borligini ma'lum qilgan Chavusho’g’li, 18-elchixona Salvador Respublikasida tashkil etilishini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Salvador tashqi ishlar vaziri Alexandra Hill 2019 yilda Turkiyada Salvador elchixonasi ochilishini taklif qilgandi. Bu fikr Turkiya tomonidan qo’llab-quvvatlangan va tez orada Salvador elchixonasini tashkil etish faoliyatlari yo’lga qo’yilgan. Bu jarayonda ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarda katta o’zgarishlar kuzatilgan. 2020-yilda elchixona tashkil etilganidan buyon ikki mamlakat o’rtasidagi oʻzaro savdo hajmi 3 barobarga oshgan.

“Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAning mintaqadagi ayniqsa, Salvador davlatidagi faoliyatlari jadallik bilan davom etmoqda. Turk Havo Yoʻllari ikki tomonlama aloqalardagi ustun salohiyatni koʻrib, yuk samolyotlar qatnovini oshirdi. Shuningdek, do’stona munosabatlarimizni yanada rivojlantirish yo’lida aniq qadamlar tashlamoqdamiz”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

Mavlud Chavusho’g’li mart oyida Lotin Amerika safariga otlanishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Antaliyada o’tkaziladigan Diplomatiya Forumiga katta tayyorgarlik ko’rilayotganligini, unda Lotin Amerikadan ko’plab vakillar ishtirok etishini bildirdi.

"2002-yilda Turkiyaning Lotin Amerika mamlakatlaridagi jami elchixonalari soni 6 nafarni tashkil qilardi. Ayni vaqtda Turkiyada ham Lotin Amerika davlatlarining 6ta elchixonasi faoliyat ko’rsatardi. Bugungi kunga kelib, Turkiyada ularning soni 16 nafarga yetdi. Turkiyaning Lotin Amerikadagi elchixonalari soni esa 17 nafarni tashkil qilmoqda. 18-elchixonamizni yaqinda Salvador Respublikasida tashkil etishni rejalashtiryabmiz”,-deb qo’shimcha qilgan Turkiya TIV rahbari.

Tadbirda barcha ma’ruzalardan so’ng, Salvador Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi rasman ochildi.


Tanlangan kalimalar: #Salvador , #Turkiya

Aloqador xabarlar