Chavusho’g’li Turkiya va Armaniston vakillarining navbatdagi uchrashuvi haqida gapirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Armaniston bilan bo’ladigan ikkinchi yig’ilishda ishonch o’rnatish qadamlarining muhokama qilinishini bildirdi.

1765864
Chavusho’g’li Turkiya va Armaniston vakillarining navbatdagi uchrashuvi haqida gapirdi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Armaniston bilan bo’ladigan ikkinchi yig’ilishda ishonch o’rnatish qadamlarining muhokama qilinishini bildirdi.

Chavusho’g’li, kecha bo’lib o’tgan Prezidentlik Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidan keyin jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Turkiya-Armaniston munosabatlaridagi normallashuv jarayoni haqida so'ralganda, Chavusho'g'li, maxsus vakillarning jarayonni boshlash maqsadlari va birinchi uchrashuvda nima kutilayotganini muhokama qilganliklarini bildirdi.

Chavusho'g'li: "Armaniston bilan maqsad toʻliq normallashishdir. Biz buni tushuntirdik. Armaniston ham bundan juda mamnun. Lekin toʻliq normallashuvga olib keladigan jarayonda parvozlarni boshlash va maxsus vakillarni tayinlashdan tashqari qanday qadamlar qoʻyilishi mumkin. Keyingi yig‘ilishda maxsus vakillar ish olib boradi va ishonchni mustahkamlash bo‘yicha qadamlar muhokama qilinadi”,-dedi.

Ukraina bilan Rossiya o'rtasidagi taranglik haqida so'ralganda, tashqi ishlar vaziri mintaqadagi taranglikning pasayishidan umidvor ekanliklarini bildirib, yechim uchun muloqotga ishora qildi.

"NATO-Rossiya va Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh)-Rossiya o'rtasidagi muloqot bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi" degan Chavusho'g'li, NATOning Rossiyaga og'zaki javob berganini, Rossiyaning takliflariga ham yozma javob berishini aytdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh tashqi ishlar vaziri Antoni Blinkenning Shveytsariyaning Jenevada uchrashishini eslatgan Chavusho’g’li,

"Tanglik davom etmoqda va jiddiy. Biz ham aloqalarimizni davom ettiramiz. Maqsad taranglikni kamaytirish". iborasini ishlatgan.

 


 



Aloqador xabarlar