Prezident Erdoʻgʻanning yaqinda Ukrainaga tashrif uyushtirishi kutilmoqda

Ibrahim Kalin, Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi taranglikning Yevropa va NATOga ta’siri haqidagi pandelda ishtirok etdi.

1765154
Prezident Erdoʻgʻanning yaqinda Ukrainaga tashrif uyushtirishi kutilmoqda

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning bir necha hafta ichida Ukrainaga tashrif uyushtirishi va Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv oʻtkazishini ma’lum qildi.

Kalin, “Circle Foundation” axborot analitik markazi tomonidan onlayn tarzda uyushtirilgan va Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi taranglikning Yevropa va NATOga ta’siri haqidagi pandelda ishtirok etdi.

Ibrahim Kalin undagi ma’ruzasida, Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi harbiy amaliyot uyushtirilgudek boʻlsa unda buning oqibatlari yomon boʻlishini belgilab oʻtgan holda, Turkiyaning muammoni hal qilish uchun har qanday vazifani bajarishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuning bir muncha vaqtdan beri kun tartibida ekani va taranglikning kuchayib ketayotganiga e’tibor qaratgan Kalin, Turkiyaning ham vaziyatni chuqur qaygʻu bilan kuzatib borayotgani shuningdek, bu taranglik xavf tugʻdirayotganini qayd etdi.

Turkiyaning Ukraina yoki Rossiya bilan Ukraina oʻrtasida hech qanday harbiy harakat, toʻqnashuv yoki urush istamasligini ta’kidlagan Kalin,

“Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi va ijtimoiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”.-dedi.

Anqaraning yangi urush koʻrishni istamasligi; Suriya, Iroq va dunyoning boshqa joylarida bunga yetarlicha guvoh boʻlganligini ifoda etgan Prezidentning Matbuot kotibi, har ikki tomonni ham hushyorlikka chaqirdi.

Muammoni hal qilish masalasida Turkiya sa’y-harakatlariga ham toʻxtalgan Kalin, Prezident Erdoʻgʻanning Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashganini bildirgan holda:

“(Erdoʻgʻan) Hatto agar xohlasalar ikkalasini ham Turkiyaga kelishga, oʻrtadagi muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish uchun yigʻilish oʻtkazishni taklif qildi. Turkiya, Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi taranglikni kamaytirish uchun har qanday javobgarchilikni olishga tayyor. Biz buni ham Rossiya, hamda Ukrainaning doʻsti, qolaversa NATO boʻyicha ittifoq sifatida bajaryapmiz”.-dedi.

Prezident Erdoʻgʻanning bir necha hafta ichida Ukrainaga tashrifi uyushtirib, Prezident Zelenskiy bilan uchrashishini ma’lum qilgan Kalin:

“Shu bilan birga katta va qayta tiklanishi mikonsiz har qanday harbiy harakatlardan qochish uchun ruslar bilan yaqin aloqada boʻlamiz”, - degan ifodalarag oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar