Mustafo Shento'p Dohada Qatar Amiri tomonidan qabul qilindi

Uchrashuvda Qatar va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik, turli sohalardagi aloqalar muhokama qilindi.

1765194
Mustafo Shento'p Dohada Qatar Amiri tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya Parlamenti raisi Mustafo Shento'p Qatarga tashrif buyurdi.

Qatar Amirligi mahkamasidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Mustafo Shento'p mamlakatga tashrifi doirasida poytaxt Dohada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Al-Sani tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvda Qatar va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik, turli sohalardagi aloqalar muhokama qilindi. Uchrashuvda Mustafo Shento'p yetakchiligidagi parlament delegatsiyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Shuningdek, Mustafo Shento'pning Qatar Sho'ro Kengashi raisi Hasan bin Abdulloh Al-Ganim hamda Qatar Bosh vaziri va Ichki ishlar vaziri Shayx Xolid bin Halifa bin Abdulaziz Al Sani bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Mustafo Shento'pning Doha institutiga tashrif buyurib, “Yangi dunyo sari: Do‘stlik, ittifoqchilik, hamkorlik” mavzuida ma’ruza qilishi ko‘zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar