Turkiya Abu-Dabidagi hujumni qoraladi

Abu-Dabiga qarshi kecha Insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirildi.

1764028
Turkiya Abu-Dabidagi hujumni qoraladi

Turkiya Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu-Dabiga qarshi kecha Insonsiz havo transportlari orqali uyushtirilgan hujumlarni qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Hujumlarda halok bo‘lganlarga Ollohdan rahmat, oila a’zolari hamda Birlashgan Arab Amirliklari xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz”,-deyildi.

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida kecha hujum uyushtrildi va ularning Insonsiz havo transportlari orqali uyushtirilganidan gumon qilinmoqda. Politsiyaning qayd etishicha unda biri pokistonlik, 2 nafari hindistonlik jami 3 kishi halok bo‘lgan.



Aloqador xabarlar