Chavusho‘g‘lu BAAdagi hujum qurbonlari uchun hamdardlik bildirdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulloh bin Zayad Al-Nahyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

1764584
Chavusho‘g‘lu BAAdagi hujum qurbonlari uchun hamdardlik bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulloh bin Zayad Al-Nahyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, muloqat chog‘ida Chavusho‘g‘lu kecha BAAga qarshi uyushtirilgan hujumlarda hayotdan ko‘z yumgan va tan jarohati olganlar uchun hamdardlik bildirgan.

Unda shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar va ayrim mintaqaviy masalalar ham qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz:

Kecha Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabining Musaffah sanoat hududida Insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirildi. Oqibatida 3 ta yoqilg‘i tankerida portlash yuz berar ekan uning ta’siri 3 kishining umriga, 6 kishining sog‘ligiga zomin bo‘ldi.



Aloqador xabarlar