Prezident Erdo'g'an Albaniya poytaxti Tiranaga jo'nab ketdi

Erdo'g'an Istanbuldagi Xalqaro Otaturk aeroportida vitse-prezident Fuat O'ktay va Istanbul gubernatori Ali Yerlikaya tomonidan kuzatildi.

1763721
Prezident Erdo'g'an Albaniya poytaxti Tiranaga jo'nab ketdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun, 17-yanvar kuni Albaniya Bosh vaziri Edi Ramaning taklifiga binoan mamlakat poytaxti Tiranaga jo'nab ketdi.

Prezident Erdo'g'an Istanbuldagi Xalqaro Otaturk aeroportida vitse-prezident Fuat O'ktay va Istanbul gubernatori Ali Yerlikaya tomonidan kuzatildi.

Mazkur ziyorat Turkiya prezidentining joriy 2022 yilda amalga oshirgan ilk ziyorati hisoblanadi.

Ma'lumotga ko'ra, tashrif doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda strategik sheriklik darajasidagi Turkiya-Albaniya munosabatlari har tomonlama ko'rib chiqiladi va hamkorlikni chuqurlashtirish uchun tashlanadigan qadamlar muhokama qilinadi.

Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlardan tashqari mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Tashrif munosabati bilan 2019-yilda Albaniyada yuz bergan zilzila fojiasida uyidan ajralgan oilalar uchun Turkiya tomonidan Lach shahrida barpo etilgan uylarni o'z egalariga topshirish marosimi ham o’tkaziladi.

Prezident Erdo'g’an Tiranada Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan restavratsiya qilingan Ethem Bey masjidining ochilish marosimini o’tkazadi va Albaniya parlamentida nutq so’zlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Albaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar