Mustafo Shento’p Ukraina-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda Turkiya va Ukraina munosabatlarining bugungi holati, Ukraina-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi tomonidan olib borilayotgan faoliyatlar, shuningdek Donbas shahrida ro’y berayotgan hodisalar muhokama qilindi.

1761772
Mustafo Shento’p Ukraina-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi rahbarini qabul qildi

 

Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento’p kecha, 12-yanvar kuni Ukraina-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi rahbari Rustam Umarov yetakchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Turkiya va Ukraina munosabatlarining bugungi holati, Ukraina-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi tomonidan olib borilayotgan faoliyatlar, shuningdek Donbas shahrida ro’y berayotgan hodisalar muhokama qilindi.

Mustafo Shento’p Turkiya Ukrainadagi muammolarni tinch yo'l bilan hal qilish uchun o'z hissasini qo'shishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

“Ukrainaning hududiy yaxlitligi va siyosiy suverenitetini to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir bor takidlamoqchiman”,-dedi Turkiya parlamenti raisi.

Qrim bilan bog'liq o’zgarishlarga ham to’xtalib o’tgan Mustafo Shento’p, "Turkiya Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishini tan olmagan va tan olmaydi ham" dedi.

U shuningdek, Qrim tatarlarining “mahalliy xalq statusi” parlamentda tan olinganligi muhim qadam ekanligini ta'kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafo Shento’p , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar