O‘mer Chelik: Har doim doʻst va qardosh Qozogʻiston bilan birgamiz

O‘mer Chelik Qozogʻistondagi vaziyat ustidan Twitter orqali bayonot berdi.

1758532
O‘mer Chelik: Har doim doʻst va qardosh Qozogʻiston bilan birgamiz

Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi o‘rinbosari va partiya matbuot kotibi O‘mer Chelik,

“Har doim doʻst va qardosh Qozogʻiston bilan birgamiz. Bugungi kunlarning yengib oʻtilishi,  Qozogʻistonning har jihatdan tinch va kuchli boʻlishini xohlaymiz”.-dedi.

Chelik Twitter hisobi orqali bergan bayonotida, Turkiyaning Qozogʻistonning yonida ekanini ta’kidlab quyidagilarni ifoda etdi:

“Qozogʻistonda qurbonlar qayd etilganidan chuqur qaygʻudamiz. Eng buyuk tilagimiz barcha Qozogʻiston xalqining xavfsizlik ichida boʻlishidir. Qozogʻistonning oddiy hayot sharoitiga qaytishi eng koʻp Turkiyani xursand qiladi.

Har doim doʻst va qardosh Qozogʻiston bilan birgamiz. Bugungi kunlarning yengib oʻtilishi,  Qozogʻistonning har jihatdan tinch va kuchli boʻlishini xohlaymiz. Qozog‘iston xalqi buyuk xalqdir. Bugungi kunlarni ehtiyotkorlik bilan yengib oʻtish ongiga ega”.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qozogʻiston , #O‘mer Chelik

Aloqador xabarlar