Ersin Tatar Marash hududi 46 yildan so‘ng qayta ochilganligini ma’lum qildi
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi chegaralari ichida joylashgan va 2020-yil oktabr oyida bosqichma-bosqich ochilish jarayoni boshlangan Marash hududining 46 yildan so‘ng inson huquqlariga mos rasvishda ochilganligini ma’lum qildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi chegaralari ichida joylashgan va 2020-yil oktabr oyida bosqichma-bosqich ochilish jarayoni boshlangan Marash hududining 46 yildan so‘ng inson huquqlariga mos rasvishda ochilganligini ma’lum qildi.
Prezident Tatar Ko‘chmas mulk komissiyasi (TMK) raisi Nober Ferit Vechini qabul qildi.
TMKning muhim bir burchi borligini ta'kidlagan Tatar, Kipr Rum tomonining o'z fuqarolariga "TMKga murojaat qilmaslik" uchun bosim o'tkazishning to'g'ri xatti-harakat emasligini bildirdi.
Marashning Turkiyaning ko'magida inson huquqlariga mos ravishda ochilganini va amalga oshirilgan kelishuvlar butun dunyo bilan bo'lishilganini ta'kidlagan Tatar, "Agar ariza bo'lsa, TMK tomonidan muhokama qilinadi deya bildirdik. Hudud, harbiy zonadan fuqarolik hududigacha ko’chirildi va bu mavzuda faoliyatlar jaddalashadi” dedi.
Prezident Tatar, Marashning ochilishining muhim siyosiy bir qadam ekanligini qayd etdi
2019-yil 18-iyun kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasida boʻlib oʻtgan Vazirlar Kengashi yigʻilishida 1974-yildan beri yopilgan Marashni ochish va ekspert guruhi bilan ilmiy inventar tadqiqoti oʻtkazish uchun qadamlar tashlashga qaror qilingan edi.
Aloqador xabarlar

Hatayda “Eren blokada-12” amaliyoti boshlatildi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.

Erdo‘g‘an AQSh bilan Yevropa ittifoqining YPGga bo‘lgan munosabatiga e’tibor qaratdi
Prezident Erdo‘g‘an Istanbulda jurnalistlarning savollariga javob berdi.