Turkiyada 770 terroristning pul mablagʻlari yohud boshqa mol-mulki muzlatildi
Gʻaznachilik va moliya vazirligi Turkiyada 770 terroristning pul mablagʻlari yohud boshqa mol-mulkining muzlatilganini ma'lum qildi.
1752240
Fetullahchi terror tashkiloti /Parallel Davlat tuzilmasi (FETO/PDY), PKK/KJK terror tashkiloti, dinni suiiste’mol qilgan va soʻl qanot koʻz qarashdagi terror tashkilotiga a’zo jami 770 kishining pul mablagʻlari yohud boshqa mol-mulki muzlatib qoʻyildi.
Gʻaznachilik va moliya vazirligining mavzuga doir qarori Rasmiy gazetada chop etildi.
Shunga koʻra, FETO a’zosi 454, PKK/KJK a’zosi 108, dinni suiiste’mol qilgan terror tashkiloti a’zosi 119, soʻl qanot koʻz qarashdagi terror tashkilotiga a’zo 89 kishining Turkiyadagi pul mablagʻlari yohud boshqa mol-mulki muzlatildi.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdo‘g‘an: Bu yil Turkiyaning turizm mavsumi yaxshi o‘tdi
Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa xitob etdi.