Turkiya Afrikani oʻsib borayotgan kuch sifatida baholaydi

Erdoʻgʻan poytaxt Anqarada uyushtirilgan vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonot berdi.

1750267
Turkiya Afrikani oʻsib borayotgan kuch sifatida baholaydi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan:

“Afrikani tahdidlar toʻpi sifatida koʻrmayapmiz, uni oʻsib borayotgan kuch deb baholaymiz”.-dedi.

Erdoʻgʻan poytaxt Anqarada uyushtirilgan vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonot berdi.

Prezident ushbu yigʻilishda Istanbulda o‘tkazilgan Uchunchi Turkiya-Afrika hamkorlik sammitiga toʻxtalar ekan bu borada:

“Afrikalik liderlarni yana bir bor yurtimizda mehmon qildik. Sammitimiz avvalgilari kabi juda muvaffaqiyatli oʻtdi. Hamkasblarim bilan oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazib, mintaqaviy masalalarni muhokama qildik. Vazirlarimiz ishtirokida tashkil etilgan majlislarda koʻplab amalga oshirilishi zarur faoliyatlarni qoʻlga oldik.

Bu sammit orqali Turkiya bilan Afrikaning, birgalikda, yangi davrga kirganimizga ishonchim komil. Maqsadimiz savdo hajmini 50 milliard dollar ortidan, 75 milliard dollarga chiqarish”-deya gapirdi.

Erdoʻgʻan Afrika haqida shuningdek:

“Afrikani tahdidlar toʻpi sifatida koʻrmayapmiz, uni oʻsib borayotgan kuch deb baholaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar