Istanbul va Yerevan o‘rtasida havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

Mevlut Chavusho‘g‘lu Birlashgan Arab Amirliklariga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida jurnalistlarga bayonot berdi.

1748530
Istanbul va Yerevan o‘rtasida havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

Turkiya va Armaniston havo qatnovlarini tiklamoqchi. Shu doirada Istanbul va Yerevan o‘rtasida uchoq reyslari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Birlashgan Arab Amirliklariga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida jurnalistlarga bergan bayonotida ma’lum qildi.

Unda Chavusho‘g‘lu, Istanbul-Yerevan o‘rtasida havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi masalasi borligini va ushbu masalasining Turkiya Transport vazirligi bilan Fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasi ko‘rib chiqayotganini, ularning esa masalaga ijobiy ko‘z qarashda ekanini ma’lum qildi.

Chavusho‘g‘luning qayd etishicha, tomonlar o‘zaro munosabatlarni yaxshilash jarayoni uchun vakillar tayinlashni ko‘zda tutmoqda.

Tashqi ishlar vaziri, Turkiya Armaniston yo‘nalishidagi barcha qadamlarini Ozarboyjon bilan muhokama qilishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar