TQKning terrorizmga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1745420
TQKning terrorizmga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Iroq shimolida “Panja-chaqmoq” amaliyoti olib borilgan mintaqada 3 askarning shahid boʻlgani, ilk aniqlashlarga koʻra havo amaliyotlari orqali PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terroristning yoʻq qilingani bildirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Iroq shimolida “Panja-chaqmoq” amaliyoti olib borilgan mintaqada, bugun terroristlar tomonidan qoʻl urilgan hujum oqibatida, 3 askarning shahid boʻlgani qayd etildi.

Mintaqada amaliyotning davom etayotgani qayd etilgan bayonotda:

“Shahidlarimizning qoni yerda qolmadi, qolmaydi ham. Qahramon askarlarimiz terroristlarning inlarini, yer bilan yakson qilish uhcun amaliyotlarni davom ettirmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar