Erdoʻgʻan pandemiya davridagi Turkiya iqtisodiyotiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdoʻgʻan vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonotlar berdi.

1745097
Erdoʻgʻan pandemiya davridagi Turkiya iqtisodiyotiga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida global iqtisodiyotning 3,4 foizga qisqargani, Turkiya iqtisodiyotida esa oʻtgan yili 1.8 foiz oʻsish qayd etilganini ta’kidlagan holda:

“Bu yilgi oʻsish sur’atimiz oʻnlik raqamga chiqadi”.-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bayonotlar berdi.

Turkiyani 19 yildan buyon adolatga asoslangan demokratiya va taraqqiyot tushunchasi bilan boshqarganliklarini, mamlakat najotini global manfaatni moʻljallanganlar kun tartibidagi qoidalarda emas investitsiyalarda, ish bilan ta’minlashda, ishlab chiqarishda, eksportda, daromadni orttirishda koʻrganliklarini belgilab oʻtgan Erdoʻgʻan:  

“Maqsadimiz har doim ishlab chiqarish, har doim ish bilan ta’minlash va doimiy farovonlikdir. Sanoat salohiyatimizni jadal rivojlantirar ekanmiz, past foiz va muvozanatli valyuta kurslari yordamida ishlab chiqarish va bandlikni bosqichma-bosqich yaxshilaymiz”.-dedi.

“Qatar bilan bugungacha siyosiy, harbiy, savdo, iqtisodiy va madaniy masalalarni qamrab olgan jami 84 memorandum imzolash orqali hamkorligimizni davom ettirdik”.-degan ifodalarga oʻrin bergan Erdoʻgʻan, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan boshlatgan yangi davrni bundan buyon ham a’lo darajada davom ettirishlarini bildirdi.

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida global iqtisodiyotning 3,4 foizga qisqargani, Turkiya iqtisodiyotida esa oʻtgan yili 1.8 foiz oʻsish qayd etilganini ta’kidlagan Erdoʻgʻan oʻz soʻzini:

“Bu yilgi oʻsish sur’atimiz oʻnlik raqamga chiqadi”.-degan soʻzlar bilan tamomladi.

 



Aloqador xabarlar