Turkiya UNICEF faoliyatini qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlashni davom etadi

Prezident Erdoʻgʻan BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) bilan Botsvana va Shvetsiya mezbonligida bolalar va yoshlar uchun uyushtirilgan global forumga videomurojaat yubordi.

1744303
Turkiya UNICEF faoliyatini qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlashni davom etadi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, yoshlar va bolalarga yanada obod va yashil dunyo qoldirish maqsadi sari harakat qilayotganliklarini bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) bilan Botsvana va Shvetsiya mezbonligida bolalar va yoshlar uchun uyushtirilgan global forumga videomurojaat yubordi.

Unda eng avvalo UNICEF, Botsvana va Shvetsiyaga tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildirgan Prezident Erdoʻgʻan, UNICEFning bolalar uchun yanada adolatli, sogʻlom va xavfsiz yashash sharoitlari yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini katta hurmat bilan kuzatganliklari va ularga hissa qoʻshganliklarini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan:

“Bolalarimiz va yoshlarimiz uchun yanada adolatli dunyo mumkin ekaniga ishonaman. Ularning sifatli ta’lim olishi, ovqatlanishi va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va ularga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘ryapmiz. Biz yosh avlod farovonligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va jamoatchilik oʻrtasidagi hamkorlikni maksimal darajaga chiqarishimiz kerak. Turkiya sifatida biz yoshlarimiz va bolalarimizga yanada obod va yashil dunyo qoldirish maqsadimiz sari harakat qilmoqdamiz. Shu nuqtai nazardan, biz UNICEF faoliyatini qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlashni davom etamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar