Turkiya va Qatar o'rtasida 15 ta shartnoma imzolandi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Qatarga davlat tashrifi doirasida o'tkazilgan muzokaralardan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

1744193
Turkiya va Qatar o'rtasida 15 ta shartnoma imzolandi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatarga davlat tashrifi doirasida Qatar Amiri Shayx Tamim Ibn Hamad Al Sani tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.  Tantanali marosimda Prezident Erdo’g’an va Qatar Amiri Al Sani marosim maydonida o’z joylarini egallashi bilan Turkiya va Qatarning milliy madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

So‘ngra davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ikki qardosh davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning rivojlanish sur’atini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Samimiyat va ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvda yetakchilar ko‘p qirrali Turkiya – Qatar sherikligiga doir keng ko‘lamli masalalarni, shu jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni ko‘rib chiqdilar.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Yetakchilar Turkiya va Qatar strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Shuningdek, global va mintaqaviy kun tartibdan joy olgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Samarali muzokaralardan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Qatar Amiri Shayx Tamim Ibn Hamad Al Sani huzurida ko‘p qirrali Turkiya – Qatar hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 15 ta shartnoma imzolandi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar