Noyabr oyi eksportida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 33.44 foiz ortish qayd etildi

Prezident Erdo‘g‘an, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali tashqi savdo bo‘yicha ma’lumot bo‘lishdi.

1742497
Noyabr oyi eksportida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 33.44 foiz ortish qayd etildi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan eksportning yilda 221 milliard dollarga yetganini bildirgan holda:

“Yana-da ko‘proq mehnat qilamiz, yana-da ko‘proq ishlab chiqaramiz, yana-da ko‘proq o‘samiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali tashqi savdo bo‘yicha ma’lumot bo‘lishdi.

Unda kecha e’lon qilingan tashqi savdo ma’lumotlariga ko‘ra noyabr oyi eksportining o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 33.44 foiz ortgan holda 21.5 milliard dollarga yetganini qayd etgan Erdo‘g‘an:

“Yillik eksportimiz ham 221 milliard dollarga yetdi. Yana-da ko‘proq mehnat qilamiz, yana-da ko‘proq ishlab chiqaramiz, yana-da ko‘proq o‘samiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqda shuningdek, tashqi savdo raqamlari ustidan bir surat ham bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, noyabr oyida 33.44 foizlik ortish bilan eng yuqori oylik eksport qiymatiga erishilgan. O‘tgan yili 16 milliard 89 million dollarni tashkil etgan noyabr oyi eksporti, bu yil 21 milliard 468 million dollarga yetdi. Yilning 11 oyida yo‘lga qo‘yilgan eksport raqami esa 151 milliard 801 million dollardan 203 milliard 141 million dollarga ko‘tarildi.

 



Aloqador xabarlar