Sergey Lavrov, Turkiya va Rossiya o'rtasidagi munosabatlar do'stona tarzda rivojlanayotganini aytdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti rejalashtirilgan. Bu uchrashuvda Turkiyaning Ukraina inqirozida vositachilik qilish masalasi ham muhokama qilinadi deb o’ylayman. dedi.

1741407
Sergey Lavrov, Turkiya va Rossiya o'rtasidagi munosabatlar do'stona tarzda rivojlanayotganini aytdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya va Rossiya o'rtasidagi munosabatlar do'stona tarzda rivojlanayotganini aytdi.

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti rejalashtirilgan. Bu uchrashuvda Turkiyaning Ukraina inqirozida vositachilik qilish masalasi ham muhokama qilinadi deb o’ylayman”. dedi.

Lavrov, Federatsiya Kengashidagi nutqida Ukraina inqirozi haqida baho berdi.

Sergey Lavrovning ta'kidlashicha, NATO Ukrainani o'z ta'siriga olib, Ukrainani "anti-Rossiya" qilishga urinmoqda.

"(NATO) Kiyevga halokatli qurollar yubormoqda va Qo'shma Shtatlar chegaralarimiz yaqinida havo va dengizda provokatsion qadamlar tashlamoqda." u aytdi.

Prezident Erdog’anning Turkiyaning mintaqa tinchligi uchun Rossiya va Ukraina o’rtasida vositachilik qilishi mumkin degan bayonotlariga to’xtalgan Lavrov,

 “Putin va Erdoʻgʻon oʻrtasida telefon muloqoti rejalashtirilgan. Bu uchrashuvda Turkiyaning Ukraina inqirozida vositachilik qilish masalasi ham muhokama qilinadi deb o’ylayman”. dedi.

Vazir Lavrov, Rossiya va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarning ijobiy xususiyatiga e'tibor qaratdi.

"O'rtamizdagi muhim xalqaro muammolar bo'yicha ayrim kelishmovchiliklarimizning jiddiyligiga qaramay, bu kelishmovchiliklarni muhokama qilish va ularni qanday qilib samaraliroq hal qilish haqida suhbatlashish har doim do'stona, samimiy va o'zaro hurmat asosida amalga oshiriladi". o‘z bahosini berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #İnqiroz , #Ukraina , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar