Ichki ishlar vaziri Soylu livanlik hamkasbi Bessam Mevlevi bilan telefon orqali muloqot qildi

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu livanlik hamkasbi Bessam Mevlevi bilan telefon orqali muloqot qildi.

1740801
Ichki ishlar vaziri Soylu livanlik hamkasbi Bessam Mevlevi bilan telefon orqali muloqot qildi

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu livanlik hamkasbi Bessam Mevlevi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Livan Ichki ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Soylu va Mevlevi o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda, ikki davlat xavfsizligini himoya qilish borasidagi sa'y-harakatlarning ahamiyati ta'kidlandi.

Vazir Soylu, Turkiyaning Livan Ichki Ishlar Vazirligi qoshidagi Ichki xavfsizlik kuchlari va boshqa xavfsizlik bo'linmalariga yordam berishni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Turkiyaning Bayrutdagi elchixonasi Livanga yordam doirasida 5-noyabr kuni Livan Ichki ishlar vazirligining Ichki xavfsizlik kuchlariga 3000 dona oziq-ovqat paketi topshirgan edi.

Ichki ishlar vazirligining Xavfsizlik bosh boshqarmasi 10-sentabr kuni Livan Ichki ishlar vazirligining Ichki xavfsizlik kuchlari bosh boshqarmasini shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminladi.

Turli din va mazhablarga asoslangan siyosiy bo'linishlar nuqtai nazaridan juda nozik bir tuzilishga ega bo'lgan Livan iqtisodiyoti 1975-1990 yillardagi fuqarolar urushidan beri eng katta inqirozni boshdan kechirmoqda.

Turkiya, 2020-yil 4-avgust kuni Bayrut portidagi portlashdan chuqur larzaga kelgan Livanga turli yordamlar bilan yordam berishda davom etmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar