Prezident Erdog’an Sinop terminal ko’prigini 80 kunda bugun ochilishga tayyorlaganliklarini bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, 110 metr uzunlikdagi Sinop Ayanjik terminal ko’prigini 80 kunda rekord muddatda tugatganliklarini va bugun ochilishga tayyorlaganliklarini bildirdi.

1740285
Prezident Erdog’an Sinop terminal ko’prigini 80 kunda bugun ochilishga tayyorlaganliklarini bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, 110 metr uzunlikdagi Sinop Ayanjik terminal ko’prigini 80 kunda rekord muddatda tugatganliklarini va bugun ochilishga tayyorlaganliklarini bildirdi.

Prezident Erdog’an Sinop Ayanjik terminal ko’prigining ochilish marosimiga videomurojaat yo’lladi.

Bu yil dunyoning turli nuqtalarida bo'lgani kabi Turkiyada ham vayronagarchilik, insonlar va mol-mulk yo'qotishlarga sabab bo'lgan tabiiy ofatlar sodir bo'lganini eslatgan Erdo'g'an:

“Biz yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasiga qarshi kurashni davom ettirar ekanmiz, shuningdek, suv toshqini, zilzila va yong‘in falokati bilan kurashdik. Biz o'zimiz kabi falokatlarni boshidan kechirgan Yevropa va Amerikadan ko'ra tezroq va samaraliroq xalqimizga yordamga keldik. Falokat yuz bergan birinchi daqiqadanoq biz barcha vosita va muassasalarimiz bilan ofatda birodarlarimiz bilan birga bo‘ldik. “Biz yaralarni davolash, yetkazilgan zararni qoplash va falokat hududlarini tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldik.

11 avgustdagi sel falokatidan keyin vayron bo'lganlarning o'rniga yaxshiroq va kuchliroqi quriladi, deb va'da berganliklarini eslatgan Erdo'g'an.

Bugun biz Sinopda bu va’damizni bajarganimizdan faxrlanamiz”. dedi.

110 metr uzunlikdagi Terminal ko'prigini rekord darajada 80 kun ichida yakunlab, ochilishga tayyorlaganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, boshqa loyihalar bilan bog'liq jarayonlarni ham yaqindan kuzatib borganliklarini bildirdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar