Prezident Erdoʻgʻan: BAA Turkiyaga 10 milliard dollarlik investitsya kiritish rejasini taklif qildi

Prezident Erdoʻgʻan Turkmaniston safaridan qaytar chogʻida uchoqda jurnalistlarga bayonot berdi.

1740336
Prezident Erdoʻgʻan: BAA Turkiyaga 10 milliard dollarlik investitsya kiritish rejasini taklif qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Birlashgan Arab Amirliklarining Turkiyaga 10 milliard dollarlik investitsya kiritish rejasi taklif qilganini bildirgan holda:

“Buni amalda qo‘llash orqali biz farqli kelajak inshoo etamiz. Yaxshi oʻzgarishlar boʻladi”,-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan Turkmaniston safaridan qaytar chogʻida uchoqda jurnalistlarga bayonot berdi.

Erdoʻgʻan, oxirgi yillarda qoniqarli javob olinmagan Turkiya-Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlarida yaxshi yangiliklar borligini ifoda etgan holda, BAA tomonining Turkiyaga investitsiya kiritishga tayyorligini ta’kidladi.

Birlashgan Arab Amirliklari valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zaid al-Nahyonning 24-noyabr kuni Turkiyaga uyushtirgan tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida kelishib olingan mavzularning, munosabatlarda yangi davr boshlanishida muhim ahamiyat kasb etishini bildirgan Erdo‘g‘an:

“Keyingi jarayon uchun fevral oyida imkon qadar men ham javob tariqasida tashrif uyushtiraman. Mendan oldin Tashqi ishlar vazirim va Milliy razvedka tashkiloti rahbari borib qaytadi. Oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Keyin esa fevral oyida Xudo xohlasa katta hay’at bilan boraman va ayrim shaxdam qadamlar tashlaymiz. O‘n milliard dollarlik investitsiya kiritish rejasini taqdim etdilar. Ushbu investitsiya rejasini amalda qo‘llash orqali farqli kelajak inshoo etamiz. Bu borada yaxshi oʻzgarishlar boʻladi”.-deya gapirdi.

Isroil va Misrga elchilar tayinlash masalasiga ham to‘xtalgan Erdo‘g‘an:

“Qaror qabul qilganimizda albatta, elchilarni ham ma’lum bir vaqt uchun tayin qilamiz. (Elchi tayin qilinishi rejalashtirilgan) mamlakatlarning ba’zilarida muvaqqat ishlar vakili sifatida tashlangan ba’zi qadamlar bor. Elchi yo‘q lekin muvaqqat ishlar vakili bor. Bu qadamlarni ham ketma-ket ma’lum kunlarda tashlaymiz. BAA bilan o‘rtamizda qanday qadam tashlangan bo‘lsa boshqalari bilan ham shunga o‘xshash qadamlar tashlaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukraina va Rossiya o‘rtasida yuz bergan muammoni ham baholagan Erdo‘g‘an:

“Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi taranglikka qarshi bizning qanday munosabatda ekanimiz o‘rtada. Ayniqsa, Qrim tatarlari bilan bog‘liq masala ustidan mintaqada tinchlik o‘rnashini xohlaymiz. Rossiya va ayniqsa (Rossiya Davlat rahbari) Vladimir Putin bilan bunday mavzularni bir necha marotaba gaplashdik, gaplashyapmiz”.-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston , #Prezident Erdoʻgʻan , #BAA

Aloqador xabarlar