Turkiya Xotin-qizlarga nisbatan qo‘l urilgan zo‘rovonlikka qarshi kurashishda qarorli

Prezident Erdo‘g‘an, 25-noyabr Xotin-qizlarga nisbatan qo‘l urilgan zo‘rovonlikka qarshi xalqaro miqyosda kurashish kuni munosabati bilan Twitter orqali post qoldirdi.

1739077
Turkiya Xotin-qizlarga nisbatan qo‘l urilgan zo‘rovonlikka qarshi kurashishda qarorli

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:

“25-noyabr Xotin-qizlarga nisbatan qo‘l urilgan zo‘rovonlikka qarshi kurashish kunining avvalom bor imonimiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz oldida turgan bu muammoning butunlay bartaraf etilishiga yordam berishini tilayman”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, 25-noyabr Xotin-qizlarga nisbatan qo‘l urilgan zo‘rovonlikka qarshi xalqaro miqyosda kurashish kuni munosabati bilan Twitter orqali post qoldirdi.

Erdo‘g‘on unda shunday dedi:

“Inson huquqlarining poymol etilishi hisoblangan ayollarga nisbatan zo‘ravonlik afsuski, butun dunyo muammosidir. Xotin-qizlarga nisbatan qo‘l urilgan zo‘rovonlikka qarshi kurashish ayni vaqtda onamiz, rafiqamiz, qizimiz haqqini, huquqini, hurmatini himoya qilish kurashi ekanini unutmasligimiz darkor. Bu muammoning bartaraf etilishi barchaning sa’y-harakati va birdamligi orqaligina mumkindir”.

Erdo‘g‘an ayolarga nisbatan qo‘l urilgan zo‘rovonlikka qarshi kurash olib borishda qarorli ekanliklarini ta’kidlagan postda, “Bugungacha ayollarning har tarmoqda haq-huquqini izlash kurashida yonlarida bo‘ldik, bundan keyin ham bo‘lamiz. Xotin-qizlarga nisbatan qo‘l urilgan zo‘rovonlikni, insoniy va ahloqiy qadriyatlarimizni mustahkamlash orqali Xudo xohlasa butunlay bartaraf etamiz. Bu borada qarorimiz qat’iydir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar