Turkiya Sudanda o'tish jarayoniga qaytish bo'yicha kelishuvni quvonarli deb baholadi

“Sudanda Abdulfettoh al-Burxon va Bosh vazir Abdulla Hamdukning Konstitutsiyaviy deklaratsiya doirasida oʻtish jarayoniga qaytishi va Bosh vazir lavozimini qaytadan oʻz zimmasiga olishi boʻyicha kelishuvga erishganidan mamnunmiz",-deyiladi bayonotda.

1736746
Turkiya Sudanda o'tish jarayoniga qaytish bo'yicha kelishuvni quvonarli deb baholadi

 

Turkiya Sudanda o'tish jarayoniga qaytish va Bosh vazir Abdalla Hamdukning lavozimni qayta o'z zimmasiga olishi bo'yicha kelishuvga erishilganini quvonarli deb baholadi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etildi.

“Sudandagi mustaqillik kengashi prezidenti general Abdulfettoh al-Burxon va Bosh vazir Abdulla Hamdukning Konstitutsiyaviy deklaratsiya doirasida oʻtish jarayoniga qaytishi va Bosh vazir lavozimini qaytadan oʻz zimmasiga olishi boʻyicha kelishuvga erishganidan mamnunmiz",-deyiladi bayonotda.

Bayonotda qayd etilishicha, Turkiya Sudan va Sudan xalqining yonida bo'lishda davom etadi.

“Biz Sudan boshdan kechirayotgan ushbu murakkab jarayonda Sudan xalqining barcha tabaqalarining umidlarini inobatga olish va mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini ta’kidlaymiz”, -deb ilova qilinadi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

 


Tanlangan kalimalar: #Sudan , #Turkiya

Aloqador xabarlar