Tunjelida PKKga qarshi “Eren qish-6” amaliyoti boshlatildi

Tunjelida PKK terror tashkilotiga qarshi “Eren qish-6” amaliyoti boshlatildi.

1736087
Tunjelida PKKga qarshi “Eren qish-6” amaliyoti boshlatildi

Turkiyaning Tunjeli viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi “Eren qish-6” amaliyoti boshlatildi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, PKK terror tashkilotini mamlakat kun tartibidan chiqarish va mintaqadagi terroristlarni yoʻq qilish maqsadida Tunjelida “Eren qish-6” amaliyotining boshlatilgani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, mamlakatda terrorizmni butunlay yo‘q qilish maqsadida olib borilgan “Eren qish” amaliyotlarining, xalqning qo‘llab-quvvatlashi bilan ishonchli va qat’iy ravishda muvaffaqiyatli davom ettirilgani ta’kidlandi.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soʻylu,

“Xalqimizning hayotini tinch va osoyishta davom ettirishi uchun kechayu-kunduz kurashayotgan, togʻlarda va qishloqlarda terroristlarni quvib yurgan qadrli xavfsizlik kuchlarimiz va jandarmeriyamiz bugun ertalabdan e’tiboran -Eren qish 6- amaliyotini 1060 xodimi bilan boshlatdi. Amaliyot Tunjelida, Marjon togʻlari hududida yoʻlga qoʻyiladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tunjeli , #Eren qish , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar