Erdo'g'an Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyga maktub yo'lladi

"Turkiya Respublikasi terrorizmga qarshi davom etayotgan kurashingizda sizni kuchli qo’llab-quvvatlashni davom ettirishga qaror qildi”,-deb yozadi Erdo'g'an o'z maktubida.

1732311
Erdo'g'an Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyga maktub yo'lladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning uyiga uyushtirilgan teraktni qoralab, unga maktub yo'lladi.

"Turkiya Respublikasi terrorizmga qarshi davom etayotgan kurashingizda sizni kuchli qo’llab-quvvatlashni davom ettirishga qaror qildi”,-deb yozadi Erdo'g'an o'z maktubida.

Erdo'g’an “Hurmatli Bosh vazir, aziz birodarim” so’zlari bilan boshlangan maktubida shunday dedi:

"Bag'doddagi qarorgohingizga uyushtirilgan terakt haqida katta qayg'u bilan xabar topdim. Men bu jirkanch hujumni eng qattiq so'zlar bilan qoralayman. Turkiya Respublikasi terrorizmga qarshi davom etayotgan kurashingizda sizni kuchli qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga qaror qildi. Yana bir bor bu adolatli kurashda qo‘shnimiz Iroqning yonida bo‘lamiz. Eng samimiy tuyg'ularimni bildirar ekanman, sizlarga sog‘lik va baxt, do‘st va qardosh Iroq xalqiga farovonlik tilab, yana bir bor ezgu tilaklarimni bildiraman".

Eslatish joizki, Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning qarorgohi 7-noyabr kuni qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) tomonidan hujumga uchragandi. Suiqasd jarayonida Kozimiyga hech qanday jarohat yetkazilmagan.

Hujum oqibatida uning olti nafar qo‘riqchisi yaralangan, bosh vazirning qarorgohi va avtomobillariga moddiy zarar yetgan.


Tanlangan kalimalar: #Mustafo al-Kozimiy , #Erdo'g'an , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar