Ibrohim Kalin:"Turkiyasiz hisob-kitob qilish yoki siyosat olib borish mumkin emas”

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Anqara musiqa va tasviriy sanʼat universitetining 2021-2022 oʻquv yilining ochilish marosimida ishtirok etdi, soʻngra jurnalistlarning savollariga javob berdi.

1729600
Ibrohim Kalin:"Turkiyasiz hisob-kitob qilish yoki siyosat olib borish mumkin emas”

 

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Anqara musiqa va tasviriy sanʼat universitetining 2021-2022 oʻquv yilining ochilish marosimida ishtirok etdi, soʻngra jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Ibrohim Kalin Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an G-20 sammitida Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden bilan uzoq vaqt uchrashuv o'tkazganini eslatdi.

"Prezidentimiz janob Bayden bilan juda samarali, ijobiy va konstruktiv uchrashuv o‘tkazdi. Bu nafaqat davomiylik, balki mazmunan ham nihoyatda kuchli bo‘ldi. Shuningdek, ikki yetakchi Turkiya-Amerika munosabatlarini to‘g‘ri strategik asosga solishga kelishib oldi. Bizga ushbu asosga amal qiladigan va uni mintaqaviy ikki tomonlama masalalarda aks ettiruvchi mexanizm yaratish vazifasi topshirildi. Bu borada Tashqi ishlar vazirligimiz bilan kelishilgan holda ushbu mexanizm imkon qadar tezroq yo‘lga qo‘yiladi, biz buni suhbatdoshlarimiz bilan muhokama qilib, rahbarlarimizga taqdim etamiz. Turkiya-Amerika munosabatlarining kerakli joyda boʻlishini taʼminlash uchun bizga berilgan koʻrsatmalar doirasida ishlashni davom ettiramiz",-dedi u.

“Agar Afgʻoniston, Sharqiy Oʻrta yer dengizi, Suriya, Kavkaz va Liviya kabi ayni damda jahon siyosatiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan 4-5 ta geosiyosiy masalalarni sanab oʻtadigan boʻlsak, ularning barchasida Turkiya bor”, -dedi Ibrohim Kalin.

“Bularning har birida Turkiyasiz hisob-kitob qilish yoki siyosat olib borish mumkin emas”,- deb qo'shimcha qiladi Turkiya prezidenti matbuot kotibi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ibrohim Kalin , #Turkiya

Aloqador xabarlar