Erdo’g’an Turkiyaga yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Kecha, 3-noyabr kuni xorijiy davlatlarning Turkiyaga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1729029
Erdo’g’an Turkiyaga yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi
erdogan al thani.jpg

 

Kecha, 3-noyabr kuni xorijiy davlatlarning Turkiyaga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an xorijiy davlatlarning mamlakatga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Litva elchisi Ricardas Degutis, Mo'g'uliston elchisi Gombosuren Munkhbayar va Qatar elchisi Mohamed Nasser Jassim M. Al Thanidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Prezident saroyida bo’lib o’tgan qabul chog’ida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti yangi tayinlangan elchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi.

Diplomatlar samimiy qabul hamda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar