Iroq shimolida bir turk askari shahid bo‘ldi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1727280
Iroq shimolida bir turk askari shahid bo‘ldi

Iroq shimolidagi Hakurk mintaqasida terroristlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan Islam Chiftchi, shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo‘ldi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotda:

“Iroq shimolidagi Hakurk mintaqasida 2021-yilning 31-oktabri kuni yo‘lni nazorat qilgan unsurlarimiz bilan terror tashkiloti aʼzolari o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvda tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan askarimiz Islam Chiftchi shifokorlarning barcha urinishlarga qaramay shahid bo‘ldi”.-deyildi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar ham shahid oilasi uchun ta’ziya izhor etar ekan unda:

“Qahramon quroldoshimiz 2021-yilning 31-oktabri kuni shahid bo‘ldi. Qahramon shahidimizga shaxsim va Milliy Mudofaa vazirligi a’zolari nomidan Ollohdan rahmat, oila a’zolari va aziz xalqimizga hamdardlik bildiraman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar