Turkiya Chad bilan hamkorlikni davom ettirishda qarorli

Prezident Erdo‘g‘an kecha poytaxt Anqaraga amaliy tashrif uyushtirgan Chad O‘tish davri Davlat rahbari Muhammad Idris Debi Itno bilan o‘zaro va hay’atlaro uchrashuv ortidan matbuot najumani uyushtirdi.

1726081
Turkiya Chad bilan hamkorlikni davom ettirishda qarorli

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, bir vaqtning o‘zida ham terror tashkilotlari ham da qurolli muxolif guruhlar bilan kurash olib borayotgan Chad bilan harbiy, mudofaa va xavfsizlik sohalaridagi hamkorliklarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an kecha poytaxt Anqaraga amaliy tashrif uyushtirgan Chad o‘tish davri harbiy kengashi rahbari Muhammad Idris Debi Itno bilan o‘zaro va hay’atlaro uchrashuv ortidan matbuot najumani uyushtirdi.

Prezident Erdo‘g‘an unda Turkiya va Chad o‘rtasidagi munosabatlarni har jihatdan qanday qilib rivojlantirish borasida fikr almashganliklarini ifoda etgan holda o‘tish davrida Turkiya sifatida Chadga har qanday yordamni berishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.

Joriy yilning 7-18 dekabri kunlari Istanbulda navbatdagi Turkiya-Afrika hamkorlik sammiti bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan Erdo‘g‘an:

“Muhtaram birodarimizni ham sammitda oramizda ko‘rishni istardik. Chad bilan hamkorligimizni har sohada davom ettirishda qarorimiz qat’iy. Shu ma’noda ta’lim faoliyatlari orqali Turkiya Maorif jamg‘armasi, rivojlanish loyihalari va yordamlari bilan Turk hamkorlik va koordinatsiya yetakchiligi, muntazam qatnovlari bilan Turk Havo yo‘llari va nodavlat-notijorat tashkilotlarimiz ikki mamlakat munosabatlariga muhim hissa qo‘shmoqda”.-dedi.

“Fetullahchi terror tashkilotiga (FETO) qarshi kurashda chadlik birodarlarimizning yordamini unutish imkonsiz”.-degan Erdo‘g‘an:

“Emjeminedagi FETO maktablarining 2017-yili Turkiya Maorif fondiga topshirilganidan minnatdormiz. Bir vaqtning o‘zida ham terror tashkilotlari ham da qurolli muxolif guruhlar bilan kurash olib borayotgan Chad bilan harbiy, mudofaa va xavfsizlik sohalaridagi hamkorliklarni rivojlantirishda qarorimiz qat’iydir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Itno esa:

“Ikki tomonli hamkorlik doirasida yangi o‘zaro shartnomalarni imzolash imkoniga ega bo‘ldik. Chad va Turkiya tarixiy munosabatlarga ega davlatlardir. Besh yuz yillik munosabatlarimiz bor”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar