Turkiya yangi davrda O‘zbekiston bilan bo‘lgan munosabatini rivojlantirishni davom etadi

Prezident Erdo‘g‘an Mirziyoyevni Oʻzbekiston prezidenti etib qayta saylanishi munosabati bilan tabrikladi.

1724993
Turkiya yangi davrda O‘zbekiston bilan bo‘lgan munosabatini rivojlantirishni davom etadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Erdoʻgʻan ushbu muloqat chogʻida Mirziyoyevni Oʻzbekiston prezidenti etib qayta saylanishi munosabati bilan tabriklab, saylov natijalarining qardosh Oʻzbekiston xalqi uchun xayrli boʻlishini tilagan.

Kuchini umumiy tarix va madaniyatdan olgan ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning yangi davrda yanada kuchayishiga, strategik sheriklikning hamjihatlik va samimiyat bilan yana-da mustahkam tus olishiga ishonchi komil ekanini qayd etgan Erdoʻgʻan uchrashuvda shuningdek, Turkiya-Oʻzbekiston munosabatlarining mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikka hissa qoʻshadigan ravishda har tarmoqda rivojlantirilishi uchun mehnat qilishni davom etishlarini ifoda etgan.



Aloqador xabarlar