Sulaymon So’ylu Istanbulda Qirg’iziston ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya-Qirg’iziston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari ko’rib chiqildi.

1724247
Sulaymon So’ylu Istanbulda Qirg’iziston ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Istanbulda Qirg’iziston ichki ishlar vaziri Ulan Niyazbekov bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya-Qirg’iziston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari ko’rib chiqildi.

Sulaymon So’ylu suhbat chog’ida  Qirg’iziston mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olgan davlat Turkiya ekanligini eslatdi.

U shuningdek, kuni kecha Qirg’izistonning favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Azikeev bilan uchrashganligini ta’kidladi.

"Tarixiy va madaniy aloqalarimiz bilan bir qatorda, azaldan beri bir-birimizni qo’llab-quvvatlashimiz hamon davom etmoqda.  Qirg‘iziston va qirg‘iz xalqi mamlakatimiz va millatimiz qalbida alohida o‘ringa ega”,-deb aytgan Turkiya ichki ishlar vaziri.

Turkiyaning immigratsiyadan tortib kiber jinoyatga qarshi kurashgacha, giyohvand moddalardan terrorizmga qarshi kurashga qadar ko'plab sohada muhim o'zgarishlarga erishganini ta'kidlagan Soylu: “Umid qilamanki, biz xavfsizlik sohasida hamkorlik shartnomasini imkon qadar tezroq imzolaymiz. Qolaversa, biz yana ko’p ishlarda birgalikda qadam tashlaymiz. Hali oldimizda birgalikda amalga oshiradigan ko’p ish bor”,-dedi.

Uchrashuv matbuotga yopiq shaklda davom etdi.


Tanlangan kalimalar: #Sulaymon So'ylu , #Qirg'iziston , #Turkiya

Aloqador xabarlar