Prezident Erdoʻgʻan Nigeriyada rasmiy marosim bilan kutib olindi

Prezident Erdoʻgʻan Afrikaga boʻlgan tashrifining uchinchi va oxirgi bekati Nigeriyada.

1722587
Prezident Erdoʻgʻan Nigeriyada rasmiy marosim bilan kutib olindi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Afrikaga boʻlgan tashrifining uchinchi va oxirgi bekati Nigeriyada rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Prezident Erdoʻgʻan Angola va Togoga boʻlgan tashrifi ortidan kechasi Nigeriya poytaxti Abujaga yetib bordi.

Prezident Erdoʻgʻan Abujadagi “Nnamdi Azikve” xalqaro aeroportida Nigeriya Tashqi ishlar vaziri Jeffri Oneama, Federal poytaxt vaziri Muhammad Musa Bello, Nigeriyaning Anqaradagi elchisi Ismail Yusuf Abba va Turkiyaning Abujadagi elchisi Hidayet Bayraktar tomonidan qarshi olindi.

Prezidentlik saroyiga borgan Erdoʻgʻan u yerda Nigeriya Davlat rahbari Muhammad Buxoriy tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Erdoʻgʻan va Buxoriy ortidan oʻzaro uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzaro va hay’atlararo uchrashuv ortidan ikkala mamlakat oʻrtasida shartnomalarga qoʻl qoʻyilib, mushtarak matbuot anjumani uyushtiriladi.

Prezident Erdoʻgʻanning nigeriyalik hamkasbi Buxoriy tomonidan sharafiga beriladigan rasmiy tushki ovqat ziyofatiga qatnashishi kutilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #Prezident Erdoʻgʻan

Aloqador xabarlar