TRT World Forum ertaga o‘z ishini boshlaydi

TRT World Forum ertaga onlayn tarzda o‘z ishini boshlaydi.

1721270
TRT World Forum ertaga o‘z ishini boshlaydi

TRT World Forum 5-yilida “Kuch va paradoks: XXI asrda buyuk strategiyani anglamoq” degan nom ostida ertaga onlayn tarzda o‘z ishini boshlaydi.

Prezident Erdo‘g‘an ochilish nutqi so‘zlaydigan tadbir 20-oktabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Bu yil dunyoning 36 davlatidan yuzga yaqin ishtirokchi ma’ruza qiladigan navbatdagi TRT World Forumda liderlar, mutahassislar, akademiklar va taniqli insonlar global muammolarni hal qilish uchun yangi ko‘z qarashlar va yo‘ndashuvlar bilan chiqish qiladi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun bilan TRT Bosh direktori Mehmet Zahid So‘baji ham ochilish nutqi so‘zlaydigan tadbirda, ikki kun davomida iqlim o‘zgarishi va sog‘likni saqlash sohasidagi global muammolar bilan birga iqtisodiy taraqqiyot, Yevroosiyoning o‘sishidan raqmali dunyogacha bir qator mavzu qo‘lga olinadi.

Bu yilgi TRT World Forumda shuningdek, taniqli san’atkorlar tomonidan konsertlar ham beriladi.

5. TRT World Forumda ishtirok etish uchun https://www.trtworldforum.com/trt-world-forum-2021/ orqali ro‘yhatdan o‘tishingiz mumkin.


Tanlangan kalimalar: #TRT World Forum

Aloqador xabarlar